YEVROPA ITTIFOQI MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaga oid mavzular muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama shakldagi va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi hamkorlik Strategiyasi doirasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2016” xalqaro konferensiyasida Yevropa Ittifoqining yuqori darajadagi delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari hamda parlamentlararo va boshqa uchrashuvlar, O‘zbekiston va YI tomonidan tashkil etilgan hamkorlik institutlari majlislari jadvali ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda YIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.