YEVROPA ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYO BO‘YICHA MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda turli sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Muloqot davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasining amaliy ahamiyati va samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda YIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.