YEVROPA ITTIFOQINING MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuv 2016-yil 9-dekabrda YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotning davomi hisoblanadi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va YI hamkorligini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish, shuningdek Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan yangi hamkorlik strategiyasini hayotga tadbiq etish jarayoni va uning samaradorligini oshirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Suhbatda YI Delegatsiyasining O‘zbekistondagi rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.