Yevropa Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘iliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi mamlakatimizga tashrif buyurgan deputatlar guruhini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida 1-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorlik qo‘mitasining navbatdagi majlisi yakunlariga ijobiy baho berildi. Takidlanganidek, ushbu tadbir ochiq, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tdi va Oliy Majlis hamda Yevroparlament deputatlariga hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi qonunchilari o‘rtasidagi muntazam va samarali aloqalar, amaliy tajriba almashinuvlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Uchrashuvda qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda YI Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.