Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YEVROPA PARLAMENTI “TO’QIMACHILIK BITIMI”NING RATIFIKATSIYASI UCHUN OVOZ BERDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YEVROPA PARLAMENTI “TO'QIMACHILIK BITIMI”NING RATIFIKATSIYASI UCHUN OVOZ BERDI

14-dekabr kuni Yevropa Parlamentining yalpi yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi sheriklik va hamkorlik bitimiga to’qimachilik savdosida ikki marta litsenziya olinish tizimining bekor qilinishi munosabati bilan o’zgartirish kiritish to’g’risidagi protokol ma’qullandi.

Mazkur protokolning ratifikatsiya qilinishi O’zbekistondan Yevropa Ittifoqiga import qilinadigan to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va foydalanish bo’yicha bojxona imtiyozlarini hamda solinadigan ichki soliqlar va boshqa yig’imlarda o’zaro qulay rejim asosida yengillik berish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, to’qimachilik mahsulotlari savdosida erkin savdo tamoyili va tranzit qilinishini ta’minlagan holda, ko’plab cheklovlarning bekor bo’lishini ta’minlaydi.

Yevropa Parlamenti Xalqaro savdo qo’mitasining O’zbekiston bo’yicha ma’ruzachisi Mariya Arena xonim ushbu hujjatning Yevroparlament tomonidan ma’qullanishi Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston o’rtasidagi savdo munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’kidladi.

— O’zbekiston Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida mamlakatda munosib mehnatni ta’minlash bo’yicha sezilarli natijalarga erishdi. XMT hisobоtlariga ko’ra, 2015-yilda O’zbekiston bolalar mehnatiga yo’l qo’yilmaydigan davlatga aylandi. Mamlakat hukumati XMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan ushbu yo’nalishda olib boriladigan faoliyatda o’zining sodiqligini namoyon etmoqda, - dedi M.Arena xonim.

Yevropa Ittifoqining Savdo ishlari bo’yicha komissari Sesiliya Malmstrem xonim to’qimachilik protokolining ratifikatsiya qilinishi O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi to’qimachilik mahsulotlari savdosini sezilarli darajada kengaytirishini qayd etdi.

— Mazkur hujjatning imzolanishi, o’z navbatida, Yevropa davlatlarining manfaatlariga ham javob beradi, xususan, ushbu sohadagi savdo aloqalari faollashadi. Yevropa Ittifoqi komissiyasi O’zbekistonga qishloq xo’jaligini diversifikatsiya qilish borasida kelgusida ham o’z yordamini ayamaydi.

2014-2020-yillar davomida Yevrokomissiya tomonidan Moliyaviy-texnikaviy yordam ko’rsatish bo’yicha hamkorlik dasturi yo’nalishiga ko’ra, O’zbekistonga qishloq joylarini rivojlantirish uchun 168 million yevro ajratilishi ko’zda tutilgan. Dasturning asosiy yo’nalishlari qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni, suv bilan ta’minlash va kichik sug’orish tizimini, fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, hammabop energiyaning rivojiga ko’maklashish kabi masalalardan iborat, - dedi Yevrokomissar.

Yevropa Parlamentining Xorvatiyadan deputati Ivan Yakovchich va Italiyadan deputati Brendo Benifey hamda Yevropa xalq partiyasining Xalqaro masalalar bo’yicha yashirin ma’ruzachisi Eduard Kukan kabi ekspertlarning qayd etishlaricha, O’zbekiston turli sohalarda keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirdi va demokratik qadriyatlarni mustahkamladi. Bugun mamlakat Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi konstruktiv hamkori sanaladi va Yevropa tomoni O’zbekistonning yangi rahbariyatini barcha sohalarda, jumladan, qishloq xo’jaligi tarmog’ida kelgusi islohotlarni amalga oshirish ishida qo’llab-quvvatlashi lozim.

Shuningdek, O’zbekiston tomonidan mehnat sohasidagi xalqaro tashkilotlarning barcha tavsiyalari amalga oshirilayotgani va Yevropa Ittifoqi ham o’zbek tomonini nafaqat qo’llab-quvvatlashi, balki mavjud muammolarni hal etishda har tomonlama yordam ko’rsatishi kerakligi ta’kidlandi.

Yevropalik ekspertlarning fikrlariga ko’ra, “to’qimachilik protokoli”ning ma’qullanishi O’zbekiston uchun Yevropa davlatlariga eksport hajmini oshirish borasida yangi istiqbollarni ochadi va bu o’z navbatida, mamlakatning jadal iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.

“Jahon” AA, Bryussel