YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI BOSHQARUVCHI DIREKTORI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Toshkentga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalia Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar beradi O’zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta’kidlandi.
Shuningdek, YTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.