YEVROPARLAMENT DEPUTALARI XALQARO KONFERENSIYA HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Toshkent shahrida “Qonunlar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda Yevropa parlamenti deputatlari, Germaniya, Italiya, Belgiya, Latviya, Sloveniya kabi davlatlardan ekspertlar ishtirok etdi.
Konferensiya ishida qatnashib o’z yurtiga qaytgan qator xorijiy ekspertlar “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida mazkur tadbir yakunlari hamda mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti xususida o’z fikr-mulohazalarini quyidagicha bayon etdilar.
Iveta Grigule, Yevropa parlamenti deputati, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo’g’uliston bilan aloqalar bo’yicha Yevropa parlamenti delegatsiyasi raisi:
— O’zbekiston tez sur’atlar bilan bilan rivojlanmoqda, - ta’kidladi deputat. – Fikrimcha, tez orada mamlakatingiz rivojlanish nuqtayi nazaridan nafaqat mintaqada yetakchi davlatga aylanadi, balki yevropaning bir nechta davlatlarini ham ortda qoldiradi. Yevropa mamlakatlari uchun O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida to’plagan tajribalarini o’rganish qiziqarli va foydali bo’ladi, deb o’ylayman.
Shu o’rinda aholi va oilalar muammolari ichiga chuqur kirib boruvchi hamda jamiyatning farovon rivojlanishi uchun yaqindan ko’mak beradigan “mahalla” fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti meni g’oyat hayratlantirdi.
"Jahon" AA, Riga