“YILNING ENG FAOL YOSH MUTAXASSISI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo’lib kamol topishga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni rag’batlantirish, yosh avlod vakillarida Vatan tuyg’usi va mamlakatda ro’y berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirishga ko’maklashish maqsadida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o’tkazadi.
O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur tadbir O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa OAV bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Turli nominatsiyalar bo’yicha to’rt bosqichda o’tkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun kasaba uyushmasiga a’zo turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo’lgan faol yosh mutaxassislar taklif etiladi.
“Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi g’oliblari orasidan saralangan mutaxassis, ya’ni yangi ishlanma va loyihalariga ega bo’lgan, loyihasi samaradorligi natijasida respublika iqtisodiyotiga hissa qo’shiladigan, ijtimoiy-siyosiy faol bir nafar yosh mutaxassis kasaba uyushmalarining granti bilan taqdirlanadi.
Tanlov g’oliblariga mukofotlar 2015 yil sentyabr oyida tashkil etiladigan “Yosh mutaxassislar” III respublika forumida tantanali ravishda topshiriladi.
“Jahon” AA