YINING TASHQI ISHLAR VA XAVFSIZLIK SIYOSATI BO‘YICHA OLIY VAKILI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 5-oktabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat boshida Vazir Yevroittifoq rahbariyatiga Birinchi Prezident I.A.Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bildirilgan hamdardlik uchun O‘zbekiston rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan qo‘shma institutlarning bo‘lajak majlislari jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Muloqot davomida 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvi yakunlari hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.