Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YIRIK TO’G’ONLAR QURILISHI - EKOLOGIYA VA IJTIMOIY TARAQQIYOT UCHUN TAHDID

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YIRIK TO'G'ONLAR QURILISHI - EKOLOGIYA VA IJTIMOIY TARAQQIYOT UCHUN TAHDID

Jahon ommaviy axborot vositalari xabar berganidek, 2016-yil 5-avgust kuni Braziliya atrof muhitini muhofaza qilish bo’yicha agentligi Amazonka irmog’i - Tapajos daryosida ulkan San-Luis-du-Tapajos to’g’onini qurish uchun ilgari berilgan litsenziyani bekor qildi.

Bu qaror mahalliy aholi hamda barqaror va xavf-xatarsiz rivojlanish uchun jonbozlik ko’rsatadigan odamlarning g’alabasi bo’ldi. Negaki, so’nggi bir necha oy davomida butun dunyodan qariyb bir yarim million odam Amazonka havzasida atrof muhiti himoya qilinishini yoqlagani holda yuqorida nomi tilga olingan to’g’on qurilishiga qarshilik bildirib, loyihaga jalb etilgan kompaniyalardan mazkur ekologik va ijtimoiy xavfli ishda qatnashishdan voz kechishni talab qildi.

Rejalashtirilgan suv inshootining quvvati 8 ming mVt, umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollarini tashkil etar edi. Dunyo matbuotining yozishicha, mazkur loyihani amalga oshirish “atrof muhitiga ko’p zarar keltirgan, qaytarib bo’lmas haddan ziyod miqyosdagi oqibatlarga, oqimning quyi qismida yashaydigan aholi uchun halokatli ahvolga olib kelgan bo’lar edi”. Bu, jumladan, barcha mahalliy aholining yashash tarziga ham o’zining mudhish ta’sirini ko’rsatgan bo’lar edi. Braziliya aholisi xavfli to’g’on qurilishiga qarshi chiqdi

Tapajos daryosi oqib o’tadigan Para shtatining prokuraturasi litsenziya bekor qilinishini tavsiya etdi. Shu bilan birga, “International Rivers” va “Greenpeace” singari ekologik tashkilotlar Braziliya federal hukumatini tegishli hududlarni himoya qilishga chaqirib, diqqat-e’tiborni qayta tiklanadigan energetikaga, jumladan, quyosh va shamol energiyasiga qaratishni taklif etishdi va bular mo’ljal qilingan gigant gidrotexnika inshooti quvvatini to’la qoplashga qodir ekanligini bildirishdi.

O’z navbatida, Braziliya atrof muhiti ishlari vaziri Xose Sarney Filyo “Valor” gazetasiga bergan intervyusida San-Luis-du-Tapajos singari bunday yirik to’g’on qurilishiga zarurat yo’qligini e’tirof etdi. Vazirning so’zlariga qaraganda, kichik elektr stansiyalari va boshqa manbalardan, jumladan, shamol quvvatidan foydalangan holda mamlakat zarur energiya hajmlarini bemalol olishi mumkin.

Bizdan uzoq masofada joylashgan Braziliyadagi bu voqyea o’zining ruhi va ahamiyati bilan mintaqamiz uchun juda ibratli namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin. Zero, Markaziy Osiyodagi asosiy transchegara daryolarining yuqori qismida joylashgan mamlakatlarning tirishib-tortishib ulkan gidroelektrstansiyalari barpo etishga urinishayotgani hisobga olinsa, Amudaryo va Sirdaryoda hamda uning irmoqlarida yirik to’g’on va gidroenergetika ob’yektlari qurilishi qay darajadagi jiddiy masala ekanligi butun bo’y-basti bilan namoyon bo’ladi. Elektr energiyasi yetishmasligi muammosini hal etish uchun katta miqdordagi energiyani ishlab chiqaruvchi quvvatlarni yaratish zarurligi haqida bayonot berayotgan bu davlatlar mintaqa uchun uzoq muddatli halokatli oqibatlarni ochiqdan-ochiq e’tiborsiz qoldirmoqda.

Jumladan, Oksford universitetining A.Ansar, B.Flaybyerg, A.Badziyer va D.Lann singari olimlari fikr bildirishlaricha, yirik to’g’onlar qurilishi jiddiy ekologik va ijtimoiy ta’sirga ega bo’lib, “atrof muhiti uchun falokat”ga aylangani holda kelgusi o’n yilliklar davomida ularning salbiy ekologik oqibatlarini yumshatish o’nlab milliardlik dollar hajmidagi xarajatlarni talab qiladi.

Yirik gidroinshootlar qurilishining aholiga ta’siri masalalari bo’yicha amerikalik yetakchi mutaxassis Tayer Skudderning hisoblashicha, katta to’g’onlar nafaqat ularga sarflangan mablag’larga arzimaydi, balki hozirgi paytda barpo etilayotgan bunday inshootlarning ko’pchiligi bartaraf etib bo’lmaydigan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy halokatlarga ham olib keladi.

Ekspertlar Markaziy Osiyoning transchegara daryolarida ulkan to’g’onlar qurilishi ekologiyaning asl holiga qaytarib bo’lmas darajada yomonlashuvi, mintaqa tabiiy tizimining murakkablashuviga olib kelishi, u asosiy ochiq suv oqimlarining mavsumiy taqsimlanishi va ko’p yillik boshqaruvini batamom o’zgartirib yuborgani holda shusiz ham mavjud bo’lgan suv resurslari taqchilligini halokatli darajaga yetkazishi yuzasidan yakdil fikr bildirishmoqda. Amudaryo va Sirdaryo oqimining quyi qismdagi mamlakatlar uchun bu doimiy yozgi suv taqchilligiga, kuchli ko’p yillik qurg’oqchilikka hamda tuproq hosildorligining keskin pasayishiga aylanadi. Suv oqimlarining salmoqli darajada kamayishi ekologik vaziyatning yanada jiddiy yomonlashuviga, mahalliy aholi farovonligining keskin pasayishiga hamda Orol dengizi mintaqasidagi inqiroz chuqurlashuviga sabab bo’ladi.

Yana shu dalil ham mavjudki, dunyodagi eng baland to’g’onni Markaziy Osiyodagi 9 va undan ziyod balli vayron qiladigan zilzilaning doimiy xavfi saqlanib turgan seysmik va murakkab tektonik darz ketgan joylarda qurish mo’ljallangan. Bundan tashqari, Rog’un to’g’oni qurilishi joyining ostki qismida juda katta miqdordagi tuz qatlami yotadi, u esa sizib o’tadigan suv ta’sirida bora-bora erishi muqarrardir. Bu omillarning barchasi to’g’onning yemirilishi ehtimolini oshiradi, u esa ulkan to’lqinning paydo bo’lishiga olib keladi va o’z yo’lida uchragan gidrotexnika inshootini to’la vayron qiladi. Bu transchegara daryolari quyi oqimidagi yuzlab aholi yashash joylarining to’la yoki qisman suv ostida qolishiga, yuz minglab odamlarning halok bo’lishiga va boshqa son-sanoqsiz fojeali oqibatlarga olib keladi.

Dunyoning ko’pchilik davlatlari tomonidan tan olingan xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq, transchegara ta’siriga ega bo’lgan gidroinshootlarni barpo etishda mamlakatlar xolis xalqaro mustaqil ekspertizani o’tkazishlari, boshqalarga zarar yetkazmasliklari va bunday loyihalarni barcha manfaatdor mamlakatlar bilan kelishishlari lozim. Bu me’yorlar BMTning 1997-yildagi “Transchegaraviy nuqtai nazardan atrof muhitiga ta’sirni baholash to’g’risida”, 1992-yildagi “Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko’llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo’yicha” hamda 1997-yildagi “Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish huquqi to’g’risida”gi Konvensiyalarida nazarda tutilgan, afsuski ular Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi mamlakatlar hukumatlari tomonidan e’tiborga olinmayapti.

Braziliya atrof muhitini muhofaza qilish bo’yicha agentligining Amazonka irmog’ida yirik to’g’on qurilishi litsenziyasini bekor qilish to’g’risidagi qarori ulkan gidroob’yektlar olib keladigan xavf-xatarlar behad katta miqyosda ekanligi butun dunyoda e’tirof etilayotgani va tushunib yetilayotganining yana bir tasdig’i hisoblanadi. U, shuningdek, Markaziy Osiyo daryolari bo’yida ulkan ekologik, ijtimoiy va texnogen tahdidlarga ega bo’lgan yirik gidro elektr stansiyalari qurish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan O’zbekiston nuqtai nazarining to’g’riligi va asoslanganligini yana bir karra tasdiqlaydi.

“Jahon” AA