YORQIN QADRIYATLAR TARANNUMI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘sma qo‘yayotgan qizlar, farzandlari kamolidan mamnun ona, gurunglashayotgan nuroniylar, purviqor tog‘lar, asrlarga tengdosh obidalar...
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ortiqali Qozoqov asarlarida jonajon Vatanimizga, uning mehridaryo xalqiga, tarixiga, boqiy an’ana va qadriyatlariga cheksiz muhabbat mujassam.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyida tashkil etilgan “Yorqin qadriyatlar tarannumi” mavzusidagi ko‘rgazmada ana shu jihatlar yorqin aks etgan. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori V.Fayziyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, san’at va madaniyatni izchil ravnaq toptirish, yoshlarni komil insonlar etib voyaga yetkazish masalasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.
Ortiqali Qozoqov mamlakat va xalqaro miqyosdagi ko‘plab ko‘rgazmalar qatnashchisidir. Uning asarlari AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarning muzey va tasviriy san’at galereyalaridan o‘rin olgan.
Ijodkor bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dars beradi. Musavvir badiiy ta’lim rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning “Tasviriy san’at oqimlari”, “Rangin tuyg‘ular musavviri”, “Olamaro olam” risolalari yosh mo‘yqalam sohiblariga yaxshi tanish.
Mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan “Qo‘hna navo”, “Gavharshodbegim”, “Keksalik gashti”, “An’analar ostonasida”, “Ranglar raqsi”, “Anor gullaganda”, “Shodlik shukuhi” asarlari tasviriy san’at muxlislari e’tiborini tortmoqda.
O‘zA