YOSH CHEGARACHILAR BELLASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jizzaxda “Yosh chegarachilar” respublika harbiy-vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga qarashli harbiy qism, viloyat o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada jamoalar saf tayyorgarligi, saf qo‘shig‘i, davlat chegarasi to‘g‘risidagi bilimlar, harbiylik bilan bog‘liq ko‘rgazmali qurollar, jamoaning maxsus kiyim-boshi, jismoniy tayyorgarlik kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani Baxmal tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Qoplon” jamoasi qo‘lga kiritdi.
"Jahon" AA