Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSH FERMER – ELINI DER

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSH FERMER – ELINI DER

Joriy o‘quv yilida Sirdaryo viloyatidagi 46 kasb-hunar kollejini 11 ming 600 nafar yosh mutaxassis bitirmoqda. Ularning bandligini ta’minlash maqsadida 4 ming 354 tashkilot,korxona va muassasa bilan to‘rt tomonlama shartnomalar tuzilgan.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ularning ta’lim dargohlarini bitirgach, o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha mutaxassis sifatida mehnat faoliyatini boshlashiga xizmat qilmoqda.

Viloyat hokimligi tomonidan joriy o‘quv yilida kollejlarni tamomlayotgan o‘quvchilarning amaliyot o‘tashi va ularning kelgusida ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatga asosan bitiruvchilar uchun bir necha marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

– Kasb-hunar kollejlarini 80 mutaxassislik bo‘yicha bitirayotgan yoshlarning 98,5 foizi korxona va tashkilotlar bilan to‘rt tomonlama shartnoma imzolagan, – deydi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Egamberdiyev. – Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Biznes klub”lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan “Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o‘z biznesini tashkillashtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartiblari” mavzusida o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda bank mutaxassislari tomonidan bitiruvchilarga biznes reja tuzish, bankdan kredit olish tartibi va shartlari haqida ma’lumot berildi.

Joriy yilda tijorat banklari tomonidan bitiruvchilar uchun 9 milliard 509 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar 100 dan ortiq bitiruvchiga 1 milliard 14 million so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi.

– Viloyatda quyonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Mikrokreditbank”ning Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi Ulug‘bek Mamarasulov. – Quyonchilik fermasi tashkil etish vaparhez go‘sht hamda qimmatbaho quyon terisi ishlab chiqarish bo‘yicha tanlov e’lon qilgan edik. Barcha shartlar bo‘yicha berilgan takliflar o‘rganib chiqilib, Mirzaobod ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Eldor Sherqo‘ziyevning biznes loyihasi ma’qullandi. Unga 350 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi. Eldorning biznes rejasidan quyon go‘shtini saqlash uchun muzlatgichli ombor qurish va boshqa loyihalar ham o‘rin olgan.

Joriy yilning fevral oyida Mirzaobod tumani “Oqoltin” suv iste’molchilari uyushmasi hududida “Sirdaryo momiq quyonlari” fermer xo‘jaligi tashkil etildi. Yosh fermer Toshkentdagi “Xon quyon” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan shartnoma tuzib, xorijdan 114 bosh zotdor quyon va uning yemini olib keldi. Xo‘jalik ish boshlashi bilan 20 ga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.

– Quyon juda tez ko‘payadigan jonivor, – deydi Eldor Sherqo‘ziyev. – Yaxshi boqilgan quyon yiliga 8-martagacha, har gal 8-10 tadan bolalaydi. Biznes loyiham ma’qullanib, menga ishonch bildirilganidan xursandman.

Mirzaobod ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 8 mutaxassislik bo‘yicha 960 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim olmoqda. Kollejda sport zali, sport maydoni, 200 o‘rinli yotoqxona, oshxona va boshqa zarur qulayliklar yaratilgan.

– Bu yil kollejimizni bitirayotgan 314 o‘quvchining 61 nafari oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan, – deydi kollej o‘qituvchisi Said Shodiyev. – O‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan yoshlar ko‘p. Bular Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning hayotda munosib o‘rin topishi yo‘lida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar samarasidir.

O‘zA