YOSH IJODKORLAR KO‘RGAZMASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent Fotosuratlar uyida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida «Bolalar huquqlarini aks ettirib» nomli fotoko‘rgazma ochildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Mazkur ko‘rgazma san’atga qiziquvchi bolalar uchun tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishish, ular bilan tajriba almashish imkonini yaratdi. Bolalar o‘z his-tuyg‘ularini ta’lim, sport, oila, mahalla, madaniyat, tabiatga oid suratlarida aks ettirgan.
– Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan o‘tkazilgan seminarda qatnashib, maktabimizdagi biologiya darsini suratga oldim, – deydi Yashnobod tumanidagi 216-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Umida Obidjonova. – San’atga juda qiziqaman. Mamlakatimizda yoshlarning o‘z qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgani o‘zimga ishonchni oshirmoqda.
O‘zA