Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSH MUTAXASSISLAR FORUMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSH MUTAXASSISLAR FORUMI

"O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari respublika kasaba uyushmalari kengashi tomonidan "Barkamol yosh mutaxassis – qudratli yurt tayanchi" mavzusida yosh mutaxassislar forumi o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Lochin” sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz neft-gaz tizimidagi korxonalarda mehnat qilayotgan 300 dan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan forumda navqiron avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng sharoitlar yaratilib, yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda mamlakatimizning yetakchi tarmoqlaridan bo‘lgan neft-gaz tizimida 40 mingga yaqin yosh mutaxassis samarali mehnat qilmoqda.

Forum doirasida jurnalistlar va tadbir ishtirokchilari uchun media-tur, mamlakatimiz neft-gaz tarmog‘ining yirik ishlab chiqarish obyektlariga sayohat tashkil etildi, seminar va treninglar o‘tkazildi. Media-turda “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sayohat uyushtirildi.

2001-yilda majmuaning ishga tushirilishi bilan nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yirik gaz-kimyo tarmog‘iga asos solindi. Korxonada ilk bor etan, propan, butan va tabiiy gaz ajratishni ta’minlaydigan tabiiy gazni qayta ishlashning kriogen texnologiyasi qo‘llanildi. Hozirda majmuada ajratib olinadigan etan asosida etilen, somonomer va polietilen ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Majmuada ishlab chiqarilayotgan polietilenning 60 foizdan ortig‘i Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
– Mamlakatimiz neft-gaz tarmog‘i kelajakda yanada kengayadi deyish uchun barcha asoslar bor, – deydi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bosh boshqarmasining yagona texnik siyosati bo‘limi mutaxassisi Sanjar Berdiyev. – Kelgusi yillar uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri zamonaviy neft-kimyo sohasini yaratish, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini kengaytirishdan iborat. Kompaniyada bu maqsadlarga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu borada Prezidentimizning 2016-yil 28-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2016-2020-yillarda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltiriladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dasturga ko‘ra, umumiy qiymati 30,4 milliard dollarga teng 78 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu hujjatga muvofiq, 2016-yildan boshlab Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlangan. “Lukoyl” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha neft-gaz industriyasi gigantlari qatoridan munosib o‘rin oladi. 2020-yilda yirik loyihalardan biri – “Sho‘rtangazkimyomajmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard kubmetr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan “Evro-5” talablariga mos 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Uning 743 ming tonnasi dizel yoqilg‘isi, 311 ming tonnasi aviokerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazdir.

Tadbir doirasida mamlakatimiz neft va gaz sohasi faxriylari, tajribali mutaxassislar va yoshlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

– Mazkur tashkilotda 15-yildan buyon ishlayman, – deydi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining birinchi toifali muhandisi Gulnora Oripova. – Toshkent davlat texnika universiteti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) da o‘qib yurgan kezlarimdayoq, ushbu kompaniyada texnik lavozimda faoliyat boshlaganman. Yosh mutaxassislar forumi neft-gaz tashkilotlari tizimida ilk bor tashkil etilishiga qaramay, yosh mutaxassislarning keyingi faoliyati uchun juda ahamiyatli bo‘lmoqda. Boisi, forum doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarlar, treninglar, davra suhbatlarida bilimimiz yanada oshdi. Masalan, uch avlod uchrashuvida “O‘zbekneftgaz” tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan va bugungi kunda namunali ishlab kelayotgan tajribali ustozlar bilan suhbatlashdik. Ular o‘z faoliyati davomida erishgan yutuqlari, o‘sha paytlarda boshdan kechirgan mashaqqatlari, qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi. Yoshlarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi. Ularni tinglar ekanmiz, bugungi taraqqiyotga osonlikcha erishilmaganini, biz yoshlar buning qadriga yetishimiz kerakligini yana bir bor chuqur angladik.
– Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialini bitirib, to‘rt yildan buyon o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishlab kelmoqdaman, – deydi “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” aksiyadorlik jamiyati geofizigi Ulug‘bek Eshonov. – Hali bilim va malakamni yanada oshirishim zarurligini yaxshi bilaman. Forumda bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Bu yerda sohaning yetakchi mutaxassislari, akademiklar bilan suhbatlashdik, tizimdagi yangiliklar, o‘zgarishlar, sohani rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolar xususida fikr almashdik. Bu barchamiz uchun g‘oyat foydali bo‘ldi.

Forumda “Yosh mutaxassislarning mehnat muhofazasini ta’minlashdagi dolzarb masalalar”, “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ratsionalizatorlik ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, hayotga tatbiq etishning dolzarb masalalari”, “O‘zbekistonda neft-gaz industriyasining muvaffaqiyat tarixi, rivojlanish istiqbollari”, “O‘zbekneftgaz” tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. “Yosh mutaxassislarda ijtimoiy faollikni oshirish”, “Mustaqil fikrlash va qat’iy pozitsiyaga ega bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish”, “Xalqaro va milliy mehnat standartlari”, “Yosh mutaxassislarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish” mavzularida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Forum doirasida turli sport o‘yinlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi, viloyatdagi tarixiy qadamjolarga sayohatlar uyushtirildi.

O’zA