YOSH OILALARGA “KAMOLOT” UYI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xorazm viloyatining Urganch shahrida yosh oilalar uchun qurilgan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yurtimizning barcha hududlari, jumladan, Xorazm viloyatida ko‘p qavatli “Kamolot” uylari qurilib, ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli kredit asosida berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Kamolot” uylari boshlang‘ich badalsiz, 20-yil muddatga, jumladan, 5-yillik imtiyozli davr belgilangan holda berilayotgani yosh oilalarga katta qulaylik yaratmoqda. Shu paytga qadar viloyatning Xiva, Xonqa va Gurlan tumanlarida 192 xonadonli 3 “Kamolot” uyi yosh oilalarga topshirildi. Ayni paytda Urganch shahri, Xonqa va Urganch tumanlarida bunday uylar qurilishi davom ettirilmoqda.
Urganch shahrining “Yoshlik” massivida 32 xonadondan iborat yangi uy “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tavsiyasiga ko‘ra, faol yosh oilalarga berildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi faollari, yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi farovonligi va turmush madaniyatini yuksaltirish bilan birga, yurtdoshlarimiz ongu tafakkurini, hayotga munosabatini o‘zgartirib, ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
– Xonalar keng va yorug‘, sifatli qurilgan, – deydi yangi xonadon sohibasi Ma’rifat Qalandarova. – Bunday mo‘jazgina baxt qasrida yosh oilaning farzandlari bilan baxtiyor yashashi uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi mavjud. Mahalla guzari, ta’lim muassasalari, sportning 17 turi bo‘yicha muntazam shug‘ullanish imkoniyati mavjud ochiq va yopiq manejlar, bolalar maydonchalari yangidan barpo etilgan. Yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan bunday ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.