Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSH OILALARGA YANGI UYLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSH OILALARGA YANGI UYLAR

Poytaxtimizning Mirobod tumanida 32 xonadondan iborat 2 ko‘p qavatli uy bunyod etildi. Ushbu zamonaviy uylar ilm-fan, madaniyat, sport sohalarida erishgan ulkan yutuqlari bilan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, O‘zbekistonimiz sharafini jahon miqyosida ulug‘layotgan iqtidorli yoshlarga berildi.

Yangi uylarni foydalanishga topshirish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, otaxon va onaxonlar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida jamiyatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan, izlanuvchan, tashabbuskor yosh oilalar uchun yangi uy-joylar barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.

2015-yilda poytaxtimizning Sergeli, Uchtepa va Bektemir tumanlarida namunaviy loyiha asosida beshta «Kamolot» uyi bunyod etilib, 160 yosh oilaga topshirildi.

Yangi yilning ilk kunlarida dzyudo bo‘yicha yetti karra O‘zbekiston chempioni, qator xalqaro turnirlar g‘olibi Hamid Otajonov Mirobod tumani Chinor mahallasida barpo etilgan yangi uylardan birining sohibiga aylandi.

– Xalqaro musobaqalarda xorijlik tengdoshlarimning mamlakatimizda biz, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarga havas qilganiga ko‘p guvoh bo‘lganman, – deydi H.Otajonov. – Yoshlarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, sport bilan shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

O’zA