YOSH POLVONLARIMIZ MUVAFFAQIYATI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro turnirda o‘n bir medalga sazovor bo‘ldi.
Tajribali sportchimiz, o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Ilhom Bahromov vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bellashuvida barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Jasur Ortiqboyev, 60 kilogrammgacha og‘irlikdagi kurashchilar o‘rtasida Javohir Mirahmedov, 120 kilogrammgacha vazn toifasidagi polvonlar bellashuvida Daler Rahmatov birinchi o‘rinni egalladi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Lochin Jo‘rayev, Abubakr Alimov, Jalg‘as Berdimurodov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Muhammadqodir Yusupov, Salohiddin Xolmatov, Jahongir Madumarov va Muzaffar Komiljonov bronza medalga loyiq topildi.
Ushbu musobaqa terma jamoamiz a’zolari uchun joriy yilning 31-may – 5-iyun kunlari Filippinda yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.