YOSH POLVONLARIMIZ XALQARO TURNIRDA O‘NTA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bolgariyaning Varna shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz yosh sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, turnirda O‘zbekiston, Bolgariya, Ruminiya, Moldova, Rossiya, Gruziya, Yaponiya, Vengriya, Xorvatiya, Ispaniya, AQSh va Ukraina terma jamoalari qatnashgan.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Islom Bahromov, Mirzobek Rahmatov va Jalg‘as Berdimurodov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi. M.Rahmatov, shuningdek, yosh polvonlar orasida “Eng yaxshi texnika sohibi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. To‘rabek Tirkashev va Fazliddin Namozov bronza medal bilan taqdirlandi.
Erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Rustam Jo‘rayev va Bahodir Aslonov o‘z vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ramazon Ibodov, Muhammadali Muxtorov va Hasanboy Rahimov esa uchinchi o‘rinni egalladi.
O’zA