YOSH SAN’ATKORLARNING XALQARO FESTIVALI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ko‘p ovozli xalq cholg‘ulari ansambl va orkestrlarining “Navro‘z sadolari” xalqaro musiqa ko‘rik-festivali boshlandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Bastakorlar uyushmasi, “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri hamda Shveytsariya hamkorlik byurosi tomonidan tashkil etildi. Unda madaniyat, musiqa va san’atga ixtisoslashgan litsey va kollejlardagi orkestrlar, ansambllar hamda professional jamoalar ishtirok etmoqda.
Festivalning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori F.Jo‘rayev, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda muntazam o‘tkazilayotgan turli xalqaro tanlov va festivallar dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, ularning milliy musiqa merosini o‘rganish va targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda yangi iste’dodlarni kashf etish, yoshlar milliy va jahon musiqa san’atining yuksak namunalaridan bahramand bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratish, musiqa ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar ulkan samaralar bermoqda. Yosh san’atkorlarimiz nufuzli xalqaro tanlovlar, festival va konsertlarda o‘zbek musiqa san’atining betakror jozibasini keng namoyish etib, muvaffaqiyat qozonib kelayotir.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori milliy musiqa san’atimiz rivoji yo‘lidagi ishlarni yanada yuksak bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Unga muvofiq mamlakatimizda 2020-yilgacha 98 bolalar musiqa va san’at maktabini barpo etish mo‘ljallangan.
Bir necha yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Navro‘z sadolari” ko‘rik-festivali yoshlarning iste’dodini namoyon etishi, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qilmoqda. Ushbu anjuman bu gal Sog‘lom ona va bola yili hamda Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan.
– Qattiq hayajondamiz, boisi jamoamiz mazkur festivalda birinchi marta ishtirok etmoqda, – deydi Farg‘ona san’at kolleji o‘quvchisi Guli Muhammadjonova. – “Shabada”, “Barkarola”, “Otni egallagan yigitlar” kabi milliy va jahon kuylarini tayyorlab kelganmiz. Anjumanga ko‘plab iste’dodli yoshlar jamlanganiga guvoh bo‘ldik.
Bu yilgi festivalda ellikdan ziyod milliy cholg‘u ansambl va orkestrlari, professional jamoalar qatnashmoqda. Mazkur tadbir yoshlarning milliy cholg‘ularimizga qiziqishi, bilim va ko‘nikmalarini oshirishi, turli mamlakatlar yosh ijrochilariga o‘z qobiliyatini namoyish qilishi, mumtoz kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratish, iqtidorli yoshlar ijodini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Festival ishtirokchilari o‘z yurtining milliy musiqa va qo‘shiqlarini, jahon va o‘zbek mumtoz bastakorlarining mashhur asarlarini ijro etmoqda.
Festival doirasida musiqa cholg‘ulari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda. Yoshlar folklori, raqs san’ati, xor jamoalarining ijrochilik mahorati, cholg‘u ansambllarining chiqishlari tomoshabinlarga manzur bo‘layotir.
Tadbir davomida xalq cholg‘ulari ijrosida o‘rta musiqiy ta’limning amaliy va uslubiy vazifalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda mahorat saboqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.