YOSH SPORTCHILAR SHARAFLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Sportchi yoshlarimiz ham eng ulug‘, eng aziz bayramimizga munosib sovg‘a tayyorladi. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida sportning taekvondo WTF turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda surxondaryolik o‘n nafar yosh sportchi ishtirok etib, uchta oltin va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan Termiz temir yo‘l vokzalida bo‘lib o‘tgan kutib olish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh taekvondochilarning yaqinlari, sportchi-yoshlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan taekvondo WTF yoshlarimiz orasida jadal ommalashayotgani ularning xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallashiga xizmat qilmoqda. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida taekvondo WTF bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 4-ixtisoslashgan maktab internat 8-sinf o‘quvchisi Hasan Hojiyev, 3-umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Farangiz Muhammadiyeva, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 37-umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchisi Zuhro Toshboyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabi 5-sinf o‘quvchisi Najmiddin Qosimjonov, Termiz davlat universiteti birinchi kurs talabasi Akbaralibek Jo‘rayev bronza medal bilan taqdirlandi.
– Musobaqada dunyoning 47 davlatidan yosh sportchilar ishtirok etdi, – deydi Uzun tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Farangiz Muhammadiyeva. – Men 47 kilogramm vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdim. Prezidentimizning biz, yoshlarga bildirgan ishonchini oqlaganimdan xursandman.
O‘zA