YOSH TADBIRKORLAR UCHUN MO‘LJALLANGAN MILLIY DASTUR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati hamkorligida «BePro Norma» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan «1UZ Buxgalteriya. Mini» milliy dasturi takdimoti o‘tkazildi. Unda mazkur dasturni boshqarish tizimi, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi A.Ikromov va boshqalar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Mazkur buxgalteriya dasturi ma’lumotlar bazasini yaratish va uning asosida turli murakkablikdagi buxgalteriya hisobоtlarini shakllantirish imkonini beradi. Eng muhimi, u hisobda xatoga yo‘l qo‘ymaslikda, ish vaqtini tejashda, zarur axborotni tezkor ravishda olishda yordam beradi. Dasturni tanlashda u qaysi korxonaga: kichik, o‘rta yoki yirik korxonaga mo‘ljallanganini hisobga olish, uning qay sohaga tegishliligiga e’tibor qaratish zarur.
– Yosh tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan «1UZ Buxgalteriya. Mini» dasturi mamlakatimiz qonunchilik hujjatlari asosida yaratilgan, – deydi «BePro Norma» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh mutaxassisi Baxtiyor Sobirjonov. – Mazkur dasturdan foydalanish juda qulay. O‘zbek yoki rus tillaridagi interfeysga ega, imkoniyatlari bo‘yicha xorijiy dasturlardan qolishmaydi. «1UZ» dasturi buxgalteriyani avtomatlashtirish bilan birga boshqa qator xizmat turlarini ham o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, mazkur dasturning to‘laqonli yuklanuvchi bepul versiyasi tadbirkorlarga uning afzalliklarini ko‘rish hamda sifatli litsenzion dastur sohibiga aylanish va ishlab chiquvchi bilan hamkorlikni davom ettirish xususida yakuniy qaror qabul kilish imkonini beradi.
O’zA