YOSH TENNISCHIMIZNING G‘ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda iste’dodli sportchimiz Sergey Fomin yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning birinchi davrasida rossiyalik Rafik Terzyanni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan S.Fomin ikkinchi davrada jamoadoshi Azizxon Turg‘unov ustidan zafar quchdi. Sergey chorak finalda yana bir vakilimiz Mark Tryakshinga qarshi kortga chiqib, g‘alaba qozondi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda esa qozog‘istonlik Dostonbek Toshbulatovdan ustun keldi.
Turnirning final uchrashuvida Sergey Fomin tunislik Adam Nagoudini 6:1, 6:2 hisobida yengdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
O’zA