YOSH XONANDALAR TANLOVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Kuyla, yoshligim” televizion tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yurtimizda milliy madaniyatimiz va san’atimizni ravnaq toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yoshlarning iste’dodini aniqlash, ularning musiqiy didi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish, ma’naviyatini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori iste’dodlar safini yanada kengaytirish, ular uchun qulay sharoitlarni yaratishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda.
«Kuyla, yoshligim» tanlovidan ko‘zlangan maqsad yoshlarning musiqa san’atiga bo‘lgan mehrini kuchaytirish, mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan iste’dod sohiblarini aniqlash, qo‘shiqlarning jonli ijroda aytilishini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Loyihaning barcha bosqichlarida 1600 nafardan ortiq yigit-qiz qatnashdi. Tanlovning mamlakat bosqichidagi saralash jarayonida 94 nafar yosh ijrochi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Sarsenboy Jetkerbayev 2013-yilda Nukusdagi madaniyat va san’at kollejini akademik xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, hozir Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasida xonanda sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
– Ushbu tanlov uchun «Eng gullagan yoshlik chog‘imda» qo‘shig‘ini tayyorlab keldim, – deydi u. – Tanlov sabab xonandalikka qiziquvchi yoshlar bilan do‘stlashdim, o‘z bilim va mahoratimni yanada ko‘proq charxlash zarurligini anglab yetdim.
Tanlovda 15 nafar g‘olib aniqlandi.
Loyiha yakunida estrada xonandalari va tanlov g‘oliblari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
"Jahon" AA