Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLAR

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududida Prezidentimiz qaroriga muvofiq, eng ulug‘, eng aziz ayyom — yurtimiz mustaqilligining yigirma besh yilligini munosib kutib olish maqsadida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan tadbirlar odamlar bilan dildan suhbatlashish, dorilamon kunlar qadrini chuqur anglab yetish, har bir inson qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishda ayni muddao bo‘layotir.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Mustaqillik huquq va erkinligimiz, farovon hayotimiz kafolati” mavzuida Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatlarida tashkil qilingan uchrashuvlarda istiqlol imkoniyatlari, obod yurt manzaralari, yosh avlod vakillariga yaratilgan shart-sharoitlar mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr almashildi.

Ma’lumki, bugun mamlakatimizda yoshlarni barkamol insonlar etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, ularning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayapti, davr talabiga javob beradigan ta’lim muassasalari va sport inshootlari bunyod etilib, farzandlarimiz kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda. Buning samarasida yigit-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, musiqa hamda san’at festivallari, sport musobaqalarida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgani diqqatga sazovor.

Ayni chog‘da davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mus-taqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida ham ertangi kunimizning tayanchi hamda suyanchi bo‘lmish yosh avlodning yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri hamda kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgani ahamiyatlidir.

Deputatlarning vodiy viloyatlari yoshlari bilan muloqotlari chog‘ida mazkur qarorning ahamiyati, o‘tgan 25 yil davomida yurtimizda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ular erishayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

E’tirof etilganidek, navqiron avlod erishayotgan olamshumul muvaffaqiyatlarda, eng avvalo, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyat hamda shart-sharoit, qolaversa, xalqimizning yuksak ilmiy-intellektual salohiyati, ma’naviy jasorati va tafakkuri mujassam. Ayniqsa, istiqlol yoshlarimizga ajdodlarga munosib avlod bo‘lib voyaga yetish mas’uliyatini anglatgani hamda dunyodagi tengqurlari bilan bo‘ylashishga, iqtidorini to‘la namoyon qilishga imkon bergani uchun ham qadrli ekani, bu farzandlarimizni bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli etib tarbiyalash borasidagi maqsad-muddaomizning ro‘yobiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvlarda navqiron avlod vakillari mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga befarq emasliklarini qat’iyat bilan ifodalashdi. Shuningdek, Prezidentimizning 9 may — Xotira va Qadrlash kunida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda yoshlarga qarata aytgan so‘zlari ularni yanada ruhlantirgani, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaganini alohida aytib o‘tishdi.

Deputatlar barkamol avlodni tarbiyalashda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar ham muhim omil bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, istiqlol yillarida yurtimiz bo‘ylab 300 ga yaqin musiqa va san’at maktablari, 1 ming 900 dan ziyod sport inshootlari bunyod etilgani, so‘nggi o‘n yilda bolalar hamda o‘smirlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar o‘rtasida 24 foizdan 47 foizga yetgani “Kim edigu kim bo‘ldik?!” degan hayotiy haqiqatning amaliy ifodasi ekani e’tirof etildi.

Umuman aytganda, joylarda yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yigit-qizlarimizni mustaqilligimizning chorak asrlik to‘yini munosib kutib olishga, “Vatanimizning gullab-yashnashi uchun men nima qildim?!”degan yuksak mas’uliyat bilan yashashga undamoqda.

WWW.XS.UZ