Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR – KELAJAK BUNYODKORLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR – KELAJAK BUNYODKORLARI

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash,
adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan
tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-moddasidan.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi tomonidan ham yangi ish joylarini yaratish, ishsiz aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamining kengayishi, izchil choralar ko‘rilishida muhim omil bo‘lmoqda. Bu jarayonda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani yosh avlodning jamiyatda o‘rnini topishi, orzu-istaklarni ro‘yobga chiqarishiga xizmat qilmoqda. Xususan, joriy yilda poytaxtimizdagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 23 mingdan ziyod bitiruvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirildi.

– Bugungi yoshlar ikki-uchtadan mutaxassislikni egallagan, olgan bilimlarini iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llay oladigan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir, – deydi Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jaloliddin Abdusattorov. – Ularning nafaqat ishga joylashishi, balki bank kreditlari evaziga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlarida bilimli, salohiyatli, Vatanimiz ravnaqi, aholi farovonligi yo‘lida yangi-yangi tashabbuslar bilan chiqayotgan yoshlar ta’lim-tarbiya olmoqda. Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskanlarida o‘qitish sifatini oshirish, kollejlarning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini mustahkamlash borasidagi izchil chora-tadbirlar samarasidir.

Joriy yilda Mirobod politexnika kasb-hunar kollejini keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash va modellashtirish, buxgalteriya hisobi, reklama bo‘yicha mutaxassis, oshpazlik, elektrik, avtotransport vositalariga texnik yordam ko‘rsatish, moliya yo‘nalishlarida 396 o‘g‘il-qiz tamomladi. Barcha bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha korxonalar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilib, kollej mutaxassislari tomonidan ularning ish faoliyatiga moslashuvi nazoratga olingan.

Kollej bir ming ikki yuz o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda zamonaviy jihozlangan o‘quv korpuslari, laboratoriyalar, ustaxona, sport zali, oshxona mavjud. Fanlar bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarda kasb ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi va laboratoriyalarida muntazam amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

– Yurtimizda yoshlar boshqarayotgan korxonalar ko‘p, – deydi kollej direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Umar Alqorov. – Ular o‘z yoniga tengdoshlarini chorlab, ishbilarmonlik qobiliyatini yuzaga chiqarishga yaqindan ko‘maklashmoqda. Bu ta’lim muassasamizda ta’lim-tarbiya olib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yayotgan yoshlar faoliyatida ham namoyon bo‘lmoqda.

Mazkur kollejni tamomlagan Gulmira Ergasheva o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish boshladi.

Gulmira «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilayotgan «Yosh tadbirkor – yurtga madadkor» loyihasida o‘z biznes g‘oyasi bilan ishtirok etib, Toshkent shahar bosqichida g‘olib bo‘ldi. Intiluvchan qiz tikuv sexi ochish, milliy matolardan zamonaviy liboslar tikish va bozorda o‘z xaridorlarini topish niyatida.

Yoshlarning bir nechta mutaxassislik bo‘yicha ta’lim-tarbiya olayotgani jamiyatda munosib o‘rin topishi, o‘z biznesini boshlashi, yangi-yangi ishlab chiqarish g‘oyalarini hayotga tatbiq etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. El-yurtga nafi tegayotgan yoshlar ertangi kunning bunyodkorlaridir.

O‘zA