Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR KONSTITUTSIYANI O‘RGANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR KONSTITUTSIYANI O‘RGANMOQDA

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligi munosabati bilan “Mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Safoyev va boshqalar davlatimiz rahbarining 2001-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi yosh avlodga Asosiy qonunimiz mazmun-mohiyatini tushuntirish va uni keng targ‘ib etishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Adliya organlari turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Ularda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning huquqiy asosi Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgani, Bosh qomusimizning har bir moddasi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilayotgani hayotiy misollar bilan tushuntirilmoqda.

Konstitutsiyamizda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy muhofazasi, intellektual salohiyatini namoyon etishi, kasb-hunar egallashi kabi asosiy huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday tadbirlar yoshlarning Bosh qomusimizni puxta o‘zlashtirishiga yordam qilmoqda.

Tadbirda litsey o‘quvchilari Bosh qomusimizga cheksiz hurmat va iftixor tuyg‘ulari ifodalangan she’rlar o‘qidi.

O‘zA