Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR SAYLOV QONUNCHILIGI BILAN TANISHTIRILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR SAYLOV QONUNCHILIGI BILAN TANISHTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax saylov okrugi matbuot markazida birinchi marta ovoz beruvchi yosh saylovchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda okrug saylov komissiyasi a’zolari, Jizzax shahridagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan o‘quvchilari ishtirok etdi.

Joriy yilning 4-dekabrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea ekani, har bir fuqaro Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan huquqidan foydalanib, o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi Vatanimiz kelajagi uchun alohida ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

Yosh saylovchilar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati, fuqarolarning saylov qonunchiligida belgilangan konstitutsiyaviy huquqlari bilan tanishtirildi. Saylov jarayonida fuqarolar o‘z huquqlaridan to‘liq foydalanishi uchun sharoit yaratilishi, tenglik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga qat’iy amal qilinishiga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 4-Jizzax saylov okrugidan 844 ming 309 nafar saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida okrug saylov komissiyasi, uning matbuot markazi faoliyati, uchastka saylov komissiyalarining asosiy vazifalari xususida ma’lumotlar berildi.

– Men dekabr oyida 18 yoshga to‘laman va o‘z huquqlarimdan foydalangan holda saylovda birinchi marta ishtirok etaman, – deydi Humoyun Tursunboyev. – Mening bu huquqim Konstitutsiyamizning 117-moddasida belgilab qo‘yilgan. Har bir saylovchi bir ovozga ega ekani, ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanganini bilaman. Bugungi tadbirda saylov qonunchiligi to‘g‘risidagi bilimlarim yanada boyidi. Prezident saylovida eng munosib nomzodga ovoz beraman.

Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

O‘zA