YOSHLAR TARBIYASIGA MAS’ULMIZ
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Uchtepa tumani bo‘linmasi hamkorligida “Yoshlar tarbiyasida mahalla va jamoat tashkilotlarining o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajaruvchi H.Mamadaliyeva va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida bilimli, sog‘lom va mustaqil fikrli, teran ma’naviyatli, dunyoda va yon-atrofimizda ro‘y berayotgan voqealarni xolis tahlil eta oladigan avlodni voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Bugungi murakkab davrda barkamol avlodni tarbiyalash har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda oila, mahalla, ta’lim muassasalari, keng jamoatchilikning o‘rni beqiyos. Yoshlarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilib, ularning huquqiy madaniyati, intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirish, bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir. Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamolga yetayotgan yoshlarda mamlakatimiz taraqqiyoti va el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi kuchli bo‘ladi.
– Farzandlarimiz ozod va obod, tinch-osoyishta, farovon yurtda hech kimdan kam bo‘lmay voyaga yetmoqda, – deydi Uchtepa tumanidagi 203-umumta’lim maktabi direktori Nargiza Eshmatova. – Ularga mustaqilligimiz, bugungi saodatli kunlarimiz ne-ne zahmat va mashaqqatlar evaziga qo‘lga kiritilganini aniq misollar bilan yetkazish, qalbida shukronalik, shu tabarruk diyordan faxrlanish tuyg‘ularini mustahkamlash ma’naviyat targ‘ibotchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Ta’lim muassasalarida “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani qizlarning huquqiy, iqtisodiy va tibbiy bilimlarini boyitishga xizmat qilayotir. Maktablarning 9-sinfini tamomlayotgan o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish bo‘yicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Kollejlarni tugatayotgan yigit-qizlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlab, faolligini oshirayotir.
Mahallalarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, el hurmatiga sazovor insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, nuroniylar pand-nasihati, o‘gitlari yoshlarga katta ibrat bo‘layotir.
Tadbirda “Durdona” folklor ansambli va boshqa san’atkorlar ijrosidagi konsert yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
O‘zA