Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

“O‘zekspomarkaz”da “JobFair–2015” sakkizinchi ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilishida mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi.

2014-yilda 1 millionga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. Ularning 600 mingdan ziyodi ta’lim muassasalari bitiruvchilaridir. Ish beruvchilar va o‘quvchilar jalb etilgan holda o‘tkazilayotgan yarmarkalar yoshlarning jamiyatimizda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda.

“JobFair – 2015” yarmarkasida ishtirok etgan to‘qsondan ziyod kompaniya 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “Nestle Uzbekistan”, “Ucell”, “Beeline”, “CNH Industrial”, “GM Powertrain Uzbekistan”, “Uz-Kor Gaz Chemical”, “LG Electronics”, “Arktika Bottlers”, “AKFA”, “Artel” kabi yetakchi kompaniya va firmalar bor. Shuningdek, internet operatorlari va IT-kompaniyalari, tijorat banklari, mehmonxona va restoran biznesi, xalqaro va jamaot tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari hamda xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari ham takliflarini taqdim etgan.

Yarmarkada dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaradigan kompaniyalar faol ishtirok etmoqda. Bu mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya tizimlarining jadal rivojlanib borayotgani bois ushbu sohada yosh va salohiyatli kadrlarga talab ortib borayotgani bilan bog‘liq.

– O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ko‘p, – deydi “Your Soft” kompaniyasining ishlanmalar bo‘limi rahbari Sergey Syachin. – Yarmarkada dasturchi, yordam berish xizmati va savdo menejeri mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdik. Ushbu tadbir yosh mutaxassislarni tanlash va ishga qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.

Yarmarkaga tashrif buyurayotganlarning asosiy qismini kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari tashkil etadi. Ular orasida Mirzo Ulug‘bek texnologiyalar kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Akmal Yo‘ldoshev ham bor.

– Kollejda buxgalterlik mutaxassisligini o‘rganmoqdaman, – deydi Akmal. – Ingliz va rus tillarini bilaman. Xususiy korxonada ishlab, tanlagan kasbim bo‘yicha salohiyatimni ro‘yobga chiqarmoqchiman.

Poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabasi Hasan Shukurov ishlab chiqarish menejeri mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda. U ishlab chiqarish kompaniyasida amaliyot o‘tashni rejalashtirmoqda.

– Ishlab chiqarish jarayonida nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish kasb egallashda juda muhim, – deydi Hasan. – Yarmarkada ko‘plab yirik kompaniyalar ish o‘rinlari taklif etib, men va men kabi yoshlar uchun tanlash imkoniyatini yaratdi. Bir necha qo‘shma korxonalar vakillari ishtirokida suhbatdan o‘tdim.

13-17-aprel kunlari “JobFair Online – 2015” onlayn-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda www.jobfair.uz internet portali orqali ham ishtirok etish mumkin.

www.uza.uz