Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yoshlar uchun keng imkoniyat

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yoshlar uchun keng imkoniyat

Yurtimizda iqtidorli yigit-qizlar ko’p. Ular bilan suhbatlashish jarayonida dunyoqarashi kengligi, o’tkir nigohi, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga bo’lgan xohish va intilishi kuchliligini ko’rib, qalbimizda o’zgacha g’urur hamda iftixor hislari jo’sh uradi.

Sababi, istiqlol yillarida mamlakatimizda kelajagimiz vorislarining kamoli yo’lida beqiyos ishlar amalga oshirilayotgani, o’z navbatida, yoshlarning nafaqat bilim egallashi, balki mutaxassisliklari bo’yicha ishga joylashishida ham muhim omil bo’lmoqda.

Kecha Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida boshlangan “Ta’lim va mutaxassislik - 2015” XII xalqaro ko’rgazmasi ham ana shu ezgu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirning ochilish marosimida mamlakatimizda yosh avlodning barkamol voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoit yaratib berilgani alohida ta’kidlandi. Zero, ta’lim tizimini takomillashtirish O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Bundan ko’zlangan pirovard maqsad esa ertamiz egalarini Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdir.

Tadbirda asosiy e’tibor yoshlarni yurtimiz hamda xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida mavjud mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish, ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni keng targ’ib qilish, shuningdek, yigit-qizlarga bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumot berish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratildi.

Tahlillar shuni ko’rsatayaptiki, o’tgan yillarda ko’rgazmaga tashrif buyurgan ishtirokchilarning 25 foizi ayni shu tadbir tufayli o’zlarini qiziqtirgan oliy o’quv yurtlari va kelgusida egallaydigan mutaxassisliklarini tanlash imkoniga ega bo’lgan. Bundan tashqari, ko’rgazmada taklif qilinayotgan bo’sh ish o’rinlari yarmarkasida ikki -mingdan ziyod yoshlar doimiy ish bilan ta’minlangani ham quvonarlidir.

Ikki yo’nalishda o’tkazilayotgan ko’rgazmada O’zbekiston, Singapur, AQSh, Polsha, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi qator davlatlarning oltmishdan ziyod yetakchi oliy o’quv muassasalari va til markazlari vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar orasida yurtimizdagi ko’plab mobil aloqa kompaniyalari, turli ishlab chiqarish korxonalari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Toshkent shahridagi bandlikka ko’maklashish markazlari qatnashayotir.

- Bizga shunday imkoniyatlar yaratib berilayotganidan juda xursandmiz, - deydi poytaxtlik Nurali Bekqulov. - Meni bir mobil aloqa kompaniyasi va ishlab chiqarish korxonasi suhbatga chaqirdi. Tez orada muqim ish joyiga ega bo’lishimga ishonaman.

...Yoshlar ijod saroyining ikkinchi qavatidamiz. Bu yerda yurtimizdagi yetakchi oliy o’quv yurtlari, xorijiy ta’lim muassasalari haqidagi taqdimotlar namoyish etilayotir. Bilimga chanqoq yigit-qizlarimiz esa xorijliklar bilan ingliz, xitoy, koreys va yana boshqa chet tillarida bemalol suhbatlashayapti. Yoshlarga o’z oliy ta’lim muassasasi haqida ma’lumot berayotgan mehmonni suhbatga tortdik.

- Mazkur xalqaro ko’rgazmada birinchi marta ishtirok etayapmiz, - deydi Xitoyning Lanchjou transport universitetining dasturlash bo’yicha xodimi Li Min. - O’zbekistonlik yoshlarni ta’lim maskanimizning bakalavr, magistratura hamda doktorantura yo’nalishlariga taklif qilayapmiz. Universitetimiz aniq fanlar bo’yicha mutaxassislar, muhandislar, iqtisodchilar hamda menejment sohasi vakillarini tayyorlashda katta tajribaga ega.

“Ta’lim va mutaxassislik - 2015” ko’rgazmasida ilk bor qatnashayotgan oliy o’quv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Inxa universiteti ham bor. Aytish joizki, 2014-yil 24-martda qabul qilingan “Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to’g’risida”gi qarorga asosan, poytaxtimizda uning filiali ochilgani axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo’ldi.

- Ushbu tadbirda yoshlarning oliy ta’lim muassasamiz faoliyati haqida yanada to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari uchun maxsus aksiya o’tkazayapmiz, - deydi mazkur ta’lim dargohi prorektori Nurilla Mahamatov. - Hozirgi kunda universitetimizning kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring fakultetida bakalavriat yo’nalishlarida yuz nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. O’qish davomiyligi to’rt yil bo’lib, bitiruvchilarga Inxa universiteti (Koreya Respublikasi)ning belgilangan namunadagi, O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to’g’risidagi hujjat, deb tan olinadigan diplomi beriladi.

Uch kun davom etadigan ko’rgazma doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati -tomonidan yigit-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bu soha bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga oid filmlar ham namoyish qilinmoqda.

Tashkilotchilarning aytishicha, ko’rgazmada qariyb 20 ming nafar yigit-qiz qatnashishi ko’zda tutilgan. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejlarining o’quvchilaridan iborat ekani e’tiborga molik. Nega deganda, ushbu tadbir bitiruvchilar uchun tanlagan sohalari bo’yicha ishga joylashish va oliy o’quv yurtlari haqida yetarli ma’lumot olishda axborot bozori vazifasini o’taydi. Zero, ko’rgazma doirasida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari, oliy ta’lim muassasalarining taqdimot marosimlari, mahorat darslari, shuningdek, turli mavzudagi seminar va tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro ko’rgazma 4 aprelgacha davom etadi.

www.xs.uz