YOSHLAR VA SAYLOV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi, 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi, adliya boshqarmasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda siyosiy partiyalar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, unda yoshlar faolligini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi A.Jumaboyev va boshqalar mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilganini ta’kidladi.
Tadbir avvalida mamlakatimizda demokratik talablar va xalqaro standartlarga mos saylov tizimi shakllantirilganligi, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, fuqarolar, jumladan, yoshlarning saylov huquqlarini to‘la amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi qonunchilik izchil takomillashtirilganligini aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.
Yoshlar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarda faol qatnashmoqda. Buni joriy yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonida ham kuzatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar”, deb ta’kidlangan.
– Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqeada ishtirok etishning mas’uliyatini chuqur his etmoqdamiz, – deydi Toshkent mehmonxona xo‘jaligi servis kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Diyora Iskandarova. – Bugungi ochiq muloqotda ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilayotgan saylovning mohiyati haqida batafsil ma’lumot olib, Konstitutsiyamiz va saylov qonunchiligimizga doir bilimimizni yanada boyitdik. Men saylovda birinchi marta ishtirok etaman. Bugungi tadbirda olgan bilimim bo‘lajak saylovda faol fuqarolik pozitsiyamizni erkin namoyon etishga yordam beradi.
Ochiq muloqotda Prezident saylovida faol ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi va burchi ekani, mamlakatimizda o‘z mustaqil fikri va hayotiy pozitsiyasiga tayangan holda munosib nomzodga ovoz berish qonun bilan kafolatlangani ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
O’zA