Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLAR YORQIN KELAJAGIMIZ UCHUN OVOZ BERADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLAR YORQIN KELAJAGIMIZ UCHUN OVOZ BERADI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro Prezident saylovida qatnashadi.

Yoshlarning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida targ‘ibоt tadbirlari tashkil etilmoqda.

“Mening ovozim – Vatanim kelajagi” aksiyasi navqiron avlodning saylovga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirishga xizmat qilayotir. Aksiya doirasida o‘tkazilayotgan “Kelajagim uchun ovoz beraman”, “Men birinchi marta ovoz beraman”, “Mening ovozim ahamiyatga ega”, “Saylash – mening huquqim”, “Men saylovda faol ishtirok etaman!”, “Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz”, “Men saylovga tayyorman!” mavzularidagi targ‘ibоt tadbirlari yoshlar, ayniqsa, birinchi marta saylovda qatnashadigan fuqarolarning huquqiy bilimini oshirishga hissa qo‘shayotir.

Harakatning rasmiy (www.kamolot.uz) sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda “Vatan kelajagi sening qo‘lingda!” shiori ostidagi rasmlar tanlovi e’lon qilinib, ishtirokchilarning 150 ga yaqin fotoasari joylashtirildi. Galereyadan saylov jarayonlarini targ‘ib etishga doir ijodiy ishlar o‘rin olgan.

Ekspertlar, yosh deputatlar va faol yoshlar ishtirokidagi onlayn uchrashuvlar yoshlarning saylov va partiyalar faoliyati haqidagi bilimini yanada oshirishda, ularni Konstitutsiya hamda saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar bilan tanishtirishda, el-yurt taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan onlayn muloqotda ham mamlakatimizning barcha hududlaridan internet tarmoqlari orqali kelib tushgan 200 dan ortiq savolga mutaxassis va ekspertlar tomonidan javob berildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida har bir fuqaro faollik va mas’uliyat bilan ishtirok etishi, bu jarayonda yoshlar o‘z fikri, mustaqil fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

– 18 yoshdaman, – deydi Toshkent 2-yuridik kolleji o‘quvchisi Lobar Abduqodirova. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar”, deyilgan. Demak, men saylov huquqidan foydalanib, ilk bor o‘z xohish-irodamni erkin bildirgan tarzda o‘zim tanlagan nomzodga ovoz beraman.

Bilim va tafakkuri keng, qat’iyatli va shijoatli O‘zbekiston yoshlari Prezident saylovida faol ishtirok etadi, o‘zi va Vatanimizning yorqin kelajagi uchun ovoz beradi.

O’zA