Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YOSHLARIMIZ ISHONCHLI O‘YIN KO‘RSATMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YOSHLARIMIZ ISHONCHLI O‘YIN KO‘RSATMOQDA

Tailandda futzal bo‘yicha yigirma yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda.

Ilk marotaba tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning yigirma bir davlati terma jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qatar, Livan, Myanma va Gonkong yoshlar terma jamoalari bilan “C” guruhidan joy oldi.

Chempionatning guruh bahslari terma jamoamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatli bo‘lmoqda. Musobaqani ikkinchi turdan boshlagan yosh futzalchilarimiz myanmalik tengdoshlarini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Said Rizo Mirsharofovning uchta, Ilhomjon Hamroyev va Husniddin Nishonovning bittadan goli terma jamoamizga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Gonkong yoshlariga qarshi kechgan bahsda ham futzalchilarimiz ishonchli o‘yin namoyish etib, raqiblari ustidan 8:2 hisobida zafar quchdi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Ilhomjon Hamroyev (ikkita gol), Akbar Usmonov (ikkita gol), Husniddin Nishonov, Ravshan Ismatullayev, Bоtirbek Rizayev va Asli Muhammadiyev mualliflik qildi.

19-may kuni musobaqaning to‘rtinchi tur doirasidan joy olgan uchrashuvda terma jamoamiz a’zolari livanlik tengdoshlari bilan bahslashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvning 12-daqiqasida Jorjio Al Houriy hisobni ochdi. Ammo oradan uch daqiqa o‘tib, Michel Saber o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. O‘n yettinchi daqiqada Stiv Koukezianning kiritgan goliga Akbar Usmonov tezkor javob qaytardi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Husayn Albaba yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning yetti daqiqasi raqiblar ustunligida o‘tdi. 25-daqiqada Husniddin Nishonov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 31-daqiqada Ravshan Ismatullayev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 4:3 ko‘rinishga keltirdi. Ammo terma jamoamizning ustunligi ham yetti daqiqa davom etdi, xolos. 38-daqiqada Stiv Koukezian o‘yindagi sakkizinchi golga mualliflik qilib, terma jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, gollarga boy uchrashuvda 4:4 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Terma jamoamiz a’zolari 7 ochko bilan "S" guruhida yetakchilik qilmoqda. 20-may kuni futzalchilarimiz guruhdagi so‘nggi uchrashuvni Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O’zA