YOZUVCHILAR YIG‘ILISHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Do‘rmon” ijod uyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2016-yilning birinchi yarmida amalga oshirgan ishlari va kelgusi rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijod ahli jamiyatning oldi saflarida yuradigan, el-yurt uchun kuyunib yashaydigan fidoyi insonlar sifatida har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta’kidladi.
Yozuvchilar bu e’tibor va g‘amg‘o‘rlikka munosib bo‘lishga intilmoqda. Mamlakatimizda yuz berayotgan tarixiy o‘zgarishlarni, Vatanimiz sha’ni va obro‘sini ulug‘layotgan yurt farzandlari jasoratini o‘z asarlarida tarannum etmoqda. Turli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibоt tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.
2016-yilning ish rejasiga muvofiq, uyushma tomonidan poytaxtimizda yashab ijod qilayotgan taniqli adiblar viloyatlarga ijodiy safarlarga yuborildi. Ular joylarda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yurtdoshlarimizning turmush tarzi, obodlik, farovonlik yo‘lidagi intilishlari bilan yaqindan tanishdi. Taassurotlari asosida matbuot sahifalarida “Yozuvchilar uyushmasi yo‘llanmasi bilan” ruknida publitsistik maqolalar chop ettirdi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 575-yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Yubiley munosabati bilan Navoiy asarlari jahonning yana o‘n to‘rt tiliga tarjima qilindi. O‘zbek shoirlarining ulug‘ allomaga bag‘ishlangan asarlaridan iborat “Hazrat Navoiyga ehtirom” kitobi, Oybekning “Navoiy” romanining ingliz tilidagi tarjimasi nashriyotga topshirildi.
Uyushma a’zolari Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan Alisher Navoiy tavalludining 575-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi. Berlin davlat kutubxonasiga ulug‘ allomaning 10 jildlik asarlari majmuasi sovg‘a qilindi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533-yilligi munosabati bilan turli ta’lim dargohlari, harbiy qismlar, korxona va tashkilotlar, mahallalarda “Bobur asarlari – bebaho ma’naviy meros” mavzuida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan “Ming bir ibratli hayot” kitobi, iste’dodli yosh ijodkorlar asarlari jamlangan “Biz – istiqlol farzandlarimiz” nomli yoshlar bayozi nashrdan chiqdi. “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida 11 iste’dodli yosh ijodkorning ilk kitoblari chop etildi. Bu kitoblar mamlakatimizdagi ta’lim muassasalariga, qator tashkilotlarga sovg‘a sifatida yetkazildi. “Bahor bulbullarining chah-chahi” yosh tarjimonlar bayozi ham nashrdan chiqdi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi qoshida “Yoshlik” ijodkor yoshlar klubi tuzildi. Klub a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ijodiy safarlarda bo‘ldi. Ana shu ijodiy safarlar asosida nashrga tayyorlangan “Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston” badiiy-publitsistik maqolalar to‘plamida istiqlol haqida yoshlarning nuqtai nazari, fikr-mulohazalari o‘z ifodasini topgan.
Yig‘ilishda Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari mas’ul kotiblarining hisobоtlari tinglandi.
O’zA