YTFX BOSH KOTIBI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi Alen Le Ruani qabul qildi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun strategiyasi doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda YI Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Yuriy Shterk va YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian ishtirok etdi.