YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) mamlakatimizga tashrif buyurgan nufuzli delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan YTTB Prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi to‘laqonli, konstruktiv ruhdagi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni qayta tiklash nuqtai nazaridan munosabatlarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qoidalarini hamda mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar va chuqur o‘zgarishlar amalga oshirishga yo‘naltirilgan boshqa qarorlarni hayotga tatbiq etishda YTTB ishtirokidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.