Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YUKSAK MARRALARNI KO‘ZLAGAN AVLOD

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YUKSAK MARRALARNI KO‘ZLAGAN AVLOD

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbir yoshlarning haqiqiy bayramiga aylandi.

Festivalning ochilishida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan ushbu festival yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni turli illat va yot g‘oyalar ta’siridan asrashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Festival doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, taniqli shoir va yozuvchilar, estrada xonandalari, opera ijrochilari, yosh olimlar, davlat mukofotlari sovrindorlari, sportchilardan iborat targ‘ibоt guruhi a’zolari ishtirokida joylarda biri-biridan qiziqarli muloqot va uchrashuvlar o‘tkazildi.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” deb nomlangan aksiya davomida targ‘ibоt guruhi a’zolari o‘quvchilarning orzu-maqsadlari bilan tanishib, o‘z maslahatlarini berdi. San’atkorlar, sportchilar hamda faol yoshlardan iborat yana bir guruh Farg‘ona shahridagi Muruvvat uyiga tashrif buyurdi. Bu yerda davlatimiz g‘amxo‘rligida tarbiya topayotgan bolalar bilan qizg‘in muloqot uyushtirildi.

Ahmad Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Yoshlar simfonik orkestri ijrosidagi “Bahor nafasi” nomli konsert dasturi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

– Yoshlarimiz hech kimdan kam bo‘lmagan avlod sifatida jamiyatning tayanch kuchiga aylanmoqda, – deydi O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo. – Zamonaviy ta’lim muassasalari, muhtasham sport inshootlari, san’at maskanlari barchasi ular ixtiyorida. Festival ishtirokchilarining yuz-ko‘zlarida bugungi hayotdan mamnunlik, ertangi kunga mustahkam ishonch, shunday yurt farzandi ekanidan g‘urur-iftixor aks etib turibdi. El-yurt taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir yoshlar voyaga yetayotgani ko‘nglimizni tog‘day ko‘taradi.

Tadbirlar doirasida ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari, aholi dam olish maskanlari, sport maydonlari, mahallalar qamrab olindi. Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli asari mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbatlari, kino hamda teatr san’atini targ‘ib etishga qaratilgan “Kichik filmdan – katta kinoga”, “Talabalar teatr studiyalari” kabi loyihalar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchko‘prik, O‘zbekiston, Rishton, Oltiariq, Qo‘shtepa, Toshloq, Quva tumanlarida “Bu – mening Vatanim!”, “Odam savdosi – davr muammosi”, “Siz sevgan qahramonlar”, “Hokim va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Kamolot” kutubxonasi”, “Ommaviy madaniyat” va yoshlar ma’naviyati”, “Yoshlar jonli ijro tarafdori”, “Zamonamiz qahramonlari”, “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz!” kabi loyihalar o‘tkazildi.

– Prezidentimiz rahnamoligida biz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdormiz, – deydi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Zulfiya Mamajonova. – Bunday festivallarning tashkil etilishi bizni yagona maqsad sari yanada jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda vatanparvarlik, fidoyilik va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Festival Farg‘ona shahridagi Yoshlar madaniyat va sport majmuasida tashkil etilgan gala-konsert bilan yakunlandi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

O’zA