Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YUKSALISH YO‘LLARIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YUKSALISH YO‘LLARIDA

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Vladimir Jirnov fotografiya san’atining yetakchi namoyandalaridan. Uning ijodida klassik usulda portretlar, manzaralar, etnografik lavhalar va bayram tantanalaridan tortib, uslublashtirilgan va murakkab konseptual fotografiyalar turkumi hamda loyihalarini gavdalantirish muhim o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida Vladimir Jirnovning muxlislar e’tiboriga havola etilayotgan “Yuksalish” shaxsiy fotoko‘rgazmasida bu yanada yorqinroq namoyon bo‘lgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar V.Jirnovning ijodiy faoliyati va hayotning barcha jabhasini aks ettirgan lavhalari fotografiya san’ati ravnaqida munosib o‘rin egallashi hamda shu sohaga kirib kelayotgan yoshlarga ijodiy maktab vazifasini o‘tayotgani xususida so‘z yuritdi.

V.Jirnov 1955-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1978-yili oliy o‘quv yurtini fizika mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlaydi. U bolaligidan fotograf bo‘lishga qiziqqan edi. Oliy ma’lumotli fizik bo‘lsa-da, uni bu qiziqish tinch qo‘ymadi. Qo‘liga fotoapparat olib yurt kezdi. Hayot va odamlar uning lavhalarida muhrlandi. Shu tariqa fotorassom do‘stlari va muxlislari nazariga tushib, mamlakatimiz va xorijda o‘tkazilgan tanlovlar sovrindoriga aylandi. "O‘zbekiston tasviriy san’at antologiyasi" va 10 dan ortiq albomlardan uning ijod namunalari joy oldi. Taqdim etilayotgan mazkur ko‘rgazma fotorassomning 1984-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan ijodiy faoliyatini o‘z ichiga olgan.

– Vladimir Jirnov o‘z kasbining mohir ustasi, – deydi O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho‘basi raisi R.Sharipov. – Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishlar muallifning mahorati va o‘z kasbiga bo‘lgan mehridan dalolat berib turibdi. Bu suratlarning har biri bir olam. Ularda san’at, falsafa, hayot aksi, yurtimiz tabiati va odamlarini ko‘ramiz. Bu bizga quvonch va hayrat bag‘ishlaydi.

Ekspozitsiyadagi “O‘g‘lim portreti”, "Sog‘bon ko‘chasi", "Qizaloq portreti", "Ko‘pkari", "Haqiqatga yo‘l", "Osmon va yer", “Boltiqbo‘yi xotiralari”, “Bu hammasi jaz”, “Soyadan nurga parvoz” singari lavhalarda turli texnik va kompozitsion usullarni qo‘llay olgani fotorassomning yuksak mahoratidan darak beradi.

O’zA