Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YUNESKO BOSH DIREKTORINING O’RINBOSARI ERIK FALT O’ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIGA TASHRIF BUYURDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YUNESKO BOSH DIREKTORINING O'RINBOSARI ERIK FALT O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIGA TASHRIF BUYURDI

Alisher Navoiy nomli O’zbekiston Milliy kutubxonasiga YUNESKO bosh direktorining o’rinbosari Erik Falt tashrif buyurdi, deb xabar beradi Milliy kutubxona rasmiy sayti.

Tashrif doirasida Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo’ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O’zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari yoritib berildi.

Mehmon kutubxonaning qurilish tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo’llaniladigan ilg’or informatsion texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari, xususan, turli xil loyihalar doirasidagi amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishdi.

Kutubxona bo’ylab qilingan ekskursiya chog’ida mehmon kitob muzeyi, ko’rgazmalar, multimediya va elektron zallarni ko’zdan kechirdi. Erik Falt o’quv zallarini aylanib chiqar ekan, u yerdagi zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus zallarni tomosha qildi, kitob fondining joylashishi va saqlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xodimlarning vazifalari bilan qiziqdi.

Janob Erik Falt 20 mingdan ziyod nashrga ega qo’lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar bo’limiga ham tashrif buyurdi. Bu yerda u jahon va milliy merosning yozma yodgorliklari hisoblanmish nodir kitoblarning qayta tiklanishi va konservatsiyalash ishlariga nisbatan qiziqish bildirdi.

Janob Erik Falt foydalanuvchilarning kutubxona faoliyatining so’nggi ma’lumotlari, shuningdek, onlayn-resurslar, audio-resurslar kioskalari bilan tanishish imkoniyatini beradigan axborot kioskalarining mavjudligini yuqori baholadi va kutubxonaning rivojlanishida mazkur kioskalarning samarali jihatdan muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tashrif so’ngida YUNESKO Bosh direktorining o’rinbosari Erik Faltga O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan esdalik sovg’asi taqdim etildi. Janob Erik Falt mehmonlar kitobida o’z yozuvlarini qoldirar ekan, ko’rsatilayotgan xizmatlardan hayratlanganini qayd etib, kelajakda kutubxonaning yanada rivojlanishiga tilak bildirdi.

"Jahon" AA