YUNESKO BOSH DIREKTORINING O’RINBOSARI: «FESTIVAL XALQLARNI YAQINLASHTIRISH, BAG’RIKENGLIKNI MUSTAHKAMLASH VA MADANIYATLARNI BOYITISHGA XIZMAT QILADI»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan YUNESKO Bosh direktorining xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari Erik Falt “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida o’z taassurotlarini o’rtoqlashdi.
— Bugungi kunda ko’pgina sayyohlar biron-bir joyga sayohatga borishdan oldin YUNESKO Butunjahon merosi ro’yxatini o’rganishadi, - dedi u. - Aynan shu tufayli ko’hna Samarqand sayohatchilar o’rtasida juda mashhurdir, chunki bu yerda juda ko’plab noyob tarixiy-me’moriy yodgorliklar joylashgan.
Tashkilotimiz ayniqsa yoshlar o’rtasida nomoddiy madaniy merosni asrash va ommalashtirish ishida faol qatnashmoqda. Masalan, YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro’yxatiga yaqinda askiya san’ati kiritildi. Bu an’anaviy o’zbek o’tkir so’z san’atining jahon miqyosidagi e’tirofining yorqin misolidir.
Musiqa har birimizni to’lqinlantiradigan va turli millatlarni jipslashtiradigan noyob qudratga ega. Shu nuqtai nazardan «Sharq taronalari» xalqlarni yaqinlashtirish, bag’rikenglikni mustahkamlash va madaniyatlarni boyitishga xizmat qiladi.
Mamlakatingizda milliy musiqa san’atini rivojlantirish, mumtoz qo’shiq-kuylarni asrash va yosh avlodga yetkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar eng yuqori bahoga munosibdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivali doirasida o’tadigan «Sharq xalqlari musiqa madaniyatining birligi va ko’p xilligi» mavzuiga bag’ishlangan konferensiya turli millatlar san’atlarining mushtarak jihatlarini aniqlash va tadqiq etishga, ular o’rtasida bir-birini to’g’ri tushunishni mustahkamlashga yo’naltirilgan.
«Jahon» AA, Samarqand