YUNESKO DASTURIGA NOYOB HUJJATLI MEROSLARNI TAQDIM ETISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015 yil 15-17 sentabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturiga noyob hujjatli meroslarni taqdim etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad - mamlakatimizda jahonda noyob hisoblanmish hujjatli meroslar ro‘yxatiga loyiq manbalarni aniqlab, ularni belgilangan usullarga muvofiq asrashga hamkorlik qilish, noyob hujjatli merosga ommaviy tarzda foydalanish uchun ko‘mak berish, noyob hujjatli merosning ma’no-mazmuni va mavjudligi haqidagi ma’lumotni butunjahon darajada targ‘ib qilishdir, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.
3 kun davomida mutaxassislar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” xizmati fondi haqida, u yerda saqlanayotgan nodir kitoblar pasportini yaratilishi to‘g‘risida, “Jahon xotirasi” dasturi bo‘yicha 2014 yilda Bishkekda o‘tkazilgan YuNESKO mintaqaviy o‘quv mashg‘uloti haqida, “Jahon xotirasi” dasturi doirasida noyob hujjatli meroslarni taqdim etish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash tartibi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglanadi.
“Jahon” AA