YUQORI ANIQLIKDAGI O’LCHOV VOSITALARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Dunyo miqyosida 20 may — Butunjahon metrologiya kuni sifatida keng nishonlanadi. Joriy yilda mazkur sana “Transport uchun o’lchashlar” shiori ostida o’tkazilmoqda. Kecha poytaxtimizda “O’zstandart” agentligi tomonidan uyushtirilgan matbuot -anjumanida shu xususda so’z yuritildi.
Ta’kidlandiki, mamlakatimizda boshqa sohalar qatorida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada ko’plab huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi, “Metrologiya to’g’risida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunlari shular jumlasidandir.
Prezidentimizning shu yil 28 apreldagi “O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori tizim faoliyatini jahon standartlari asosida yuritish borasida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu hujjatga muvofiq, “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tashkil qilinib, etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi o’lchov vositalarini saqlab turish, ularni xalqaro darajada solishtirish, shuningdek, o’lchov birliklarini uzatish ishlarini takomillashtirish uning asosiy -vazifalari etib belgilandi.
Bundan tashqari, qarorda yuqori aniqlikdagi 15 ta etalon xarid qilinishi, xorijiy davlatlar o’rtasida solishtirish ishlarining yo’lga qo’yilishi, chet ellardagi qiyoslash-o’lchov vositalarining mamlakatimizga tatbiq etilishi ko’zda tutilganki, bu ishlab chiqarish korxonalarida valyuta tejash orqali iqtisodiyotimiz ravnaqiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.