YURMALA MERI: “BUNDAY KATTA MUSIQA ANJUMANINI O’TKAZISH BO’YICHA SAMARQAND TAJRIBASI BIZ UCHUN JUDA MUHIMDIR”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Jahon” axborot agentligi muxbiri Samarqandda “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining faxriy mehmoni - Yurmala shahrining meri (Latviya) Truksnis Gatis bilan muloqotda bo’ldi.
— Bu mening ajoyib Samarqandga ikkinchi safarimdir, - dedi u. - Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, albatta, “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalida ishtirok etishdir.
Ma’lumki, o’tgan yili Yurmala va Samarqand birodarlashgan shaharlar maqomiga ega bo’lishdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ikki tomonlama hamkorligimiz ulkan salohiyatlarga egadir. Shu bois biz yaqin sheriklik aloqalarimizni yanada mustahkamlash niyatidamiz.
Madaniy tadbirlarni tashkil etish sayyohlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda bunday katta musiqa anjumanini o’tkazish bo’yicha Samarqand tajribasi biz uchun juda muhimdir. Shuning uchun ham biz shu yerdamiz.
Ushbu tashrifim doirasida shahar hokimligida samarali muzokaralar bo’lib o’tdi. O’zaro manfaat kasb etadigan turli masalalarni, shu jumladan, ikki shahar biznes doiralarining uchrashuvini tashkil etish masalasini muhokama qildik. Sayyohlik industriyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlarni yanada ko’proq jalb etish uchun turli festivallar, ko’rgazma va boshqa tadbirlarni o’tkazish bo’yicha o’zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Samarqand - dunyoning ko’hna va noyob shaharlaridan biri. Uning tarixiy-me’moriy yodgorliklari tasavvurlarni hayratga soladi. Biz bu muqaddas shahar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz. Menimcha, muvaffaqiyatli sheriklikni rivojlantirish uchun barcha asos va imkoniyatlar mavjuddir.
So’zim oxirida do’st O’zbekiston xalqini davlat mustaqilligining 24 yilligi bilan qutlashni, ularga tinchlik-xotirjamlik va bundan-da yuksak farovonlik tilashni istar edim.
«Jahon» AA, Samarqand