Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YURTBOSHIMIZ XOTIRASI HAMISHA QALBIMIZDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YURTBOSHIMIZ XOTIRASI HAMISHA QALBIMIZDA

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mustaqillik yillarida inson va uning manfaati uchun amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqardi, yurtimiz erkin, ozod mamlakatga aylandi, rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi. Buni butun dunyo tan olmoqda. Yurtdoshlarimiz Prezidentimiz vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, u boshlab bergan buyuk ishlarni davom ettirishga va’da bermoqda.

Ixtiyor Navro‘zov, erkin kurash ustasi, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori:

– Prezidentimiz hammamiz uchun yaqin inson bo‘lib qolgan edi. Yurtboshimiz biz, yoshlarni chin yurakdan yaxshi ko‘rardi. «O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo‘lmaydi» degan da’vatlari bizga kuch berardi, ortimizda Vatanimiz, xalqimiz, Prezidentimiz suyanch bo‘lib turganini his qilib, har qanday musobaqada qo‘rqmasdan, hayiqmasdan bellashardik.

Har bir sportchi nufuzli musobaqada ulkan natijaga erishish uchun oylab, yillab mashq qiladi. Biz, sportchilarning yuqori saviyada mashg‘ulotlar o‘tkazishimiz uchun Prezidentimiz zarur barcha sharoitni yaratib berdi, oilalarimiz farovonligini ta’minlashimiz uchun moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatladi. Buning uchun Yurtboshimizdan cheksiz minnatdormiz.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritdim. Bu yutug‘im yuksak baholanib, Prezidentimizning 2016-yil 24-avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandim. Undan tashqari, Olimpiadadan kelganimizdan keyin g‘olib va sovrindorlarga pul mukofotlari, «Malibu» avtomobili berildi. Bu mukofotlar Yurtboshimizning biz, sportchilarga ko‘rsatgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligidan dalolatdir.

Biz, yoshlar har doim bu buyuk insonning ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilamiz.

Rustam To‘laganov, bokschi, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori:

– Prezidentimiz Islom Karimovning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz.

Men mustaqillik tengdoshiman. Bugun butun dunyo men va tengdoshlarimga, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya olishimiz, sport bilan shug‘ullanishimiz, iqtidor va salohiyatimizni yuzaga chiqarishimiz uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarga havas qilmoqda, nufuzli tanlov va musobaqalardagi g‘alabalarimizni e’tirof etmoqda. Buning zamirida mustaqillik yillarida Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilgani, biz, yoshlarning jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishimiz uchun alohida e’tibor qaratilgani mujassamdir.

O‘n yoshimda onamga «Bir kun kelib men ham Olimpiadada medal olib, Prezidentimiz bilan uchrashaman. U kishi meni ham bag‘riga bosib, ota-onangga rahmat, deb aytadi», deb va’da bergandim. Shundan so‘ng astoydil boks bilan shug‘ullandim. O‘n olti yil mana shu birgina maqsad bilan yashadim. Bolaligimni, o‘smirligimni shu va’damni bajarishga bag‘ishladim.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lib keldim. Prezidentimizning 2016-yil 24-avgustdagi farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandim.

Yurtboshimizning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi. Kelgusida turli nufuzli xalqaro musobaqalarda yanada ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz shon-sharafini bundanda yuksaltirish uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.

O’zA