YURTDOSHIMIZ GRAN-PRI SOHIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro turnirda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan kelgan 250 dan ortiq dzyudochi sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi.
73 kilogramm vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Mirzohid Farmonov dastlab turkiyalik Murod Bektosh, chorak finalda sloveniyalik Rok Draksich, yarim finalda kosovolik Akil Gjakovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqaning final bellashuvida polvonimiz mezbon sportchi Hasan Vanlio‘g‘li ustidan zafar quchdi va shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
UzA