YXHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHI MAJLISI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 3-4-dekabr kunlari Belgrad shahrida (Serbiya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tdi.
TIV rahbarlari Serbiya Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, YXHTning amaldagi raisi Ivitsa Dachichning hamda YXHT bosh kotibi Lamberto Zannierning ma’ruzalarini tingladilar. Shuningdek, kun tartibining dolzarb masalalari, avvalo YXHT hududida xavfsizlikni ta’minlash muammolari muhokama qilindi.
Majlis yakunida terrorizm, korrupsiya, pul yuvishga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan hamda xavfsizlikka tahdid soluvchi transmilliy xatarlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
2016-yilda 1-yanvardan YXHTda raislik qiluvchi Germaniyada TIVKning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tishi belgilandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 22-majlisda ishtiroki doirasida Ispaniyaning tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Ignasio Ibanes, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Daniel Rozenblum hamda YXHT bosh kotibi Lamberto Zannier bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda tomonlarni qiziqtirgan masalalar ko‘rib chiqildi.