ZAMONAVIY BIRJA TEXNOLOGIYALARI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning o‘tgan o‘n bir oyida tadbirkorlar O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi orqali 5,5 trillion so‘mlik xomashyo va materiallarni xarid qildi. Ular tomonidan birja orqali sotilgan mahsulotlar 2,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Ushbu savdolarda ishtirok etayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga ko‘payib, 42 ming nafarga yetdi.
Savdolarni ochiq-oydin va oshkora o‘tkazish mexanizmi, professional brokerlik korpusi, rivojlangan savdo infratuzilmasi va bitimlar ijrosi kafolatlanganligi tadbirkorlarning birja savdolariga qiziqishini oshirmoqda.
– Ishbilarmonlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron tijoratning asosini tashkil etuvchi ko‘rgazma-yarmarka savdolari ham tashkil etilmoqda, – deydi «O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyati bosh makleri Islombek Ibrohimov. – Yarmarka savdolari internet tarmog‘ida o‘tkazilgani bois unda nafaqat mahalliy xaridorlar, balki xorijiy mijozlar ham ishtirok etmoqda. Bu mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘mak berayotir.
Milliy matbuot markazida «O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan "Tadbirkorlarni birja tovarlari bilan ta’minlashni kengaytirish va ularning mahsulotlarini birja orqali ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish imkoniyatlari" mavzuida o‘tkazilgan matbuot anjumanida biznes vakillarining elektron savdolardagi ishtiroki haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi "Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining – axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida tizimga sezilarli o‘zgartirishlar kiritilgani qayd etildi.
Yarmarka savdolarining savdo va to‘lov qismlari yagona tarmoqda birlashtirilib, ushbu tizim yangi veb-saytda amalga oshirilmoqda. Yana bir yangilik veb-sayt foydalanuvchilari portalda birja faoliyatining kamchiliklari bo‘yicha fikrlarini qoldirishi mumkin. Virtual qabulxona tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarni elektron tarzda yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
– Endilikda tadbirkorlar veb-saytda viloyatlar kesimida brokerlik idoralari va savdo maydonchalarning reytingi bilan tanishish, birjaning elektron savdolarida qatnashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishi mumkin, – deydi birja bo‘lim boshlig‘i Jasur Yunusov. – Onlayn o‘quv portalida davlat va korporativ xaridlar, birja savdolari va elektron tijorat sohasiga doir o‘quv videoroliklar va elektron qo‘llanmalar joylashtirilgan.
Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdi.
O’zA