ZAMONAVIY ISH USLUBLARI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH - ZAMON TALABI
Joriy yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda hujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi monitoringini amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan videoseminar bo’lib o’tdi.
Unda vazirlik markaziy apparati mas’ul xodimlari, tizimdagi Respublika va hududiy tashkilotlarning rahbar va mutasaddi xodimlari qatnashdilar.
Interfaol usulda o’tkazilgan videoseminarda vazirlik boshqaruvi tizimining barcha bo’g’inlarida rahbar va mas’ul xodimlar, soha mutaxassislari va ishchi-xizmatchilarning kasb darajasi va malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maqsadli va samarali foydalangan holda idoraviy ish yuritish natijadorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va bu boradagi istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga vazirlikning malakali mutaxassislari batafsil javob qaytardilar, deb xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi.
“Jahon” AA