Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Zamonaviy O‘zbekiston hayoti XXR ommaviy axborot vositalari nigohida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Zamonaviy O‘zbekiston hayoti XXR ommaviy axborot vositalari nigohida

Ma’lumki, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda ro‘y berayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ular berayotgan samaralarga dunyo ommaviy axborot vositalari katta qiziqish bilan qaramoqda. Xitoy Xalq Respublikasining matbaa va elektron nashrlari ham bundan mustasno emas. Ularning sahifalarida zamonaviy O‘zbekiston mavzusi qalamga olingan xabar-maqolalar tez-tez ko‘zga tashlanadi.

Masalan, yaqinda XXRda xitoy tilida nashr etiladigan “Fermerlar kundalik gazetasi” sahifasida “O‘zbekiston. Obod qishloq – gullab-yashnayotgan mamlakat” sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Unda O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab qishloq aholisi uchun munosib sharoitlarni yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da’vat etish maqsadida izchil hayotga tadbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

“Vatan ostonadan boshlanadi. O‘zbekiston xalqining bu dono maqolida olam-olam ma’no bor. Har tomonlama qulay va zamonaviy uyda istiqomat qiladigan oilaning mehnatga rag‘bati yaxshi, ertangi kunga ishonchi qat’iy bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, mamlakatning uzoq qishloqlarida yashaydigan aholining turmush sharoitlarini tubdan yaxshilash yuzasidan keng miqyosli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda”, deb yozadi nashr.

Maqolada mazkur dasturning joriy yil 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shaharida, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarida qishloq va mahallalardagi aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, ularning qiyofasini zamonaviylashtirishga hamda ularda istiqomat qiladigan aholi uchun ish o‘rinlarini yaratish singari muhim tadbirlarni qamrab olgani xitoylik ko‘p sonli o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilingan. Unda, shuningdek, 2018 yilda O‘zbekistonning 174 ta tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda yangilash chora-tadbirlari qabul qilingan dasturning ustuvor maqsadlari sifatida belgilangani ham alohida qayd etilgan.

Nashr ushbu muhim hujjat doirasida 1535 kilometr toza ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘laydigan hamda qishloq ichki yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini barpo etish va ta’mirlash uchun jami 2083 kilometr yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, lizing asosida 571 zamonaviy avtobus xarid qilinib, qishloq va tuman markazi orasida transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishlarda 252 ta bekat barpo etish nazarda tutilganini ham ta’kidlaydi.

“Xalqaro moliya institutlarining kreditlari hamda korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan 1847 kilometr elektr ta’minoti tarmoqlarini yaxshilash, aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun 44868 ta gaz balloni yetkazib berish hamda aloqa tizimini modernizatsiya qilish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni tubdan yaxshilash davlatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, bolalar bog‘chasi, maktab, oilaviy poliklinikalar va shu kabi boshqa jami 736 ta ijtimoiy soha ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari bajarilmoqda, ular laboratoriya va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda”, deb yozadi gazeta.

“Ipak yo‘liga yangicha nigoh” elektron portali esa “Hamkorlikning muhim bosqichlari: Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston – Xitoy biznes forumi bo‘lib o‘tdi” sarlavhali maqolani xitoy tilida o‘z o‘quvchilarining e’tiboriga taqdim etdi. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur iqtisodiy anjumanda muxtor respublikaning rasmiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, savdo, muhandislik, xizmat ko‘rsatish, kimyo, qurilish va oziq-ovqat sanoati sohalarida faoliyat ko‘rsatadigan yirik Xitoy kompaniyalari vakillarining ishtirok etgani bildirilgan.

Elektron nashrning yozishicha, ushbu forum doirasida o‘zbek va xitoylik sheriklar qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha qator uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Bugungi kunda o‘zaro hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning barcha qirralarini qamrab olgani, bunda esa iqtisodiyot va sarmoya sohasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutishi anjumanda alohida ta’kidlangani ham xitoylik o‘quvchilarga ma’lum qilingan.

“Hozirgi paytda O‘zbekistonda Xitoy vakillari ishtirokidagi qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Birgina Qoraqalpog‘istonda xitoylik sarmoyadorlar ishtirokidagi korxonalarning soni 39 taga yetdi. O‘tgan 9 oy mobaynida mintaqada 8 ta qo‘shma korxona barpo etildi”, deb yozadi nashr. Maqolada xitoylik ishbilarmonlarning O‘zbekistondagi xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulaylik va afzalliklar, ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan diqqatga molik ishlar, sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik singari sohalardagi yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish istiqbollari bilan bog‘liq ma’lumotlar ham atroflicha qalamga olingan.

Yuqoridagilar bilan birga, Xitoy Fanlar akademiyasining nashri – BCAS jurnalining 2018 yil uchinchi choragiga mo‘ljallangan sonida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyev va nashr muxbirining intervyusi e’lon qilindi.

Ingliz tilida chop etilgan mazkur suhbat “Xitoy va o‘zbek astronomiyasining buyuk an’analarini qayta tiklash yo‘lidagi hamkorlik” sarlavhasi ostida o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilingan. UndaO‘zbekistondagi astronomiya tarixi, atmosfera tasviri sifati haqidagi ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlarining banki mavjud bo‘lgan jahondagi to‘rtinchi rasadxona – O‘zbekistondagi Maydanak observatoriyasidagi astrofizik tadqiqotlar, erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng namoyish etilayotgani xususida atroflicha fikr yuritilgan. Bundan tashqari, xorijlik hamkasblar bilan hamkorlikda ko‘p sonli kuzatuv ishlari olib borilayotgani, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti Xitoyning Milliy astronomik observatoriyalar uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikda olib boryotgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususidagi ma’lumotlar ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi tayin.

“Dunyo” AA